1

Samarqand shahrining Narpay ko`chasida maslahatga yig`ilgan qo`shni ayollar o`rtasida ommaviy janjal bo`ldi. To`rt ayol jarohatlandi

Jamiyat 08.07.2020, 09:13
Samarqand shahrining Narpay ko`chasida maslahatga yig`ilgan qo`shni ayollar o`rtasida ommaviy janjal bo`ldi. To`rt ayol jarohatlandi

 Samarqand shahrining Narpay ko`chasida bir nechta ayollarning o`zaro janjal yuz berdi. Samarqand viloyati IIB axborot xizmati mazkur holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Holat yuzasidan olib borilgan tergov oldi tekshiruvlar natijasida, ushbu holat  2020 yil 14 iyun kuni soat 19:30 da Samarqand shahar Al-Buxoriy MFY Narpay ko`chasida sodir bo`lganligi ma`lum bo`ldi. Uy boshqaruvchisi N.A. uy atrofiga “kuzatuv kameralarini” o`rnatish maqsadida, uyda yashovchi fuqarolarni yig`ib maslahatlashmoqchi bo`lgan vaqtda, Samarqand shahar Al-Buxoriy MFY Narpay ko`chasida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan B.Yu. hamda shu ko`chada yashovchi 1985 yilda tug`ilgan M.Ch.lar o`rtasida oldindan bo`lib kelayotgan kelishmovchik sababli, yig`ilish vaqtida bir-birlari bilan tortishib, janjallashib qolib bir-birlariga tan jaroxatlari etkazishgan. 

Ushbu holat Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 5-son IIB tomonidan shu kuni zudlik bilan qayd etilib, Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB polkovnik J.S.Qodirov huzirida muxokama qilindi. 5-son IIB tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilib, B.Yu., B.M., M.Ch. hamda S.S. lar olgan tan jaroxatlari yuzasidan Sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.  

Aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda yakuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1