1

O`zbekistonda koronavirusning 41-qurboni poytaxtlik ayol bo`ldi

Jamiyat 08.07.2020, 09:55
O`zbekistonda koronavirusning 41-qurboni poytaxtlik ayol bo`ldi

 

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 64 yoshli M.X. (ayol) joriy yil 1 iyul kuni qorinda va chap ko`krak sohasida og`riqlar kuchayganligi sababli Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yotqizilgan.  

U postxolesistektomik sindrom, o`tkir pankreatit, gastrit, surunkali kamqonlik, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya tashxisi bilan davolangan.

3 iyul kuni esa bemorda nafas etishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli reanimasiya bo`limiga o`tkazilgan va “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan.

Unga “COVID-19”, ikki tomonlama pnevmoniya, o`tkir nafas etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindrom, postxolesistektomik sindrom, o`tkir pankreatit, gastrit, surunkali kamqonlik, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya tashxisi qo`yilgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Biroq  shifokorlarning standartlar asosida o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak etishmovchiligidan vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1