1

Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish masalasi muhokama qilindi

Jamiyat 08.07.2020, 11:41
Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish masalasi muhokama qilindi

Jenevada videokonferensiya shaklida O`zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo`yicha Ishchi guruhining to`rtinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Mamlakatimiz delegasiyasiga Bosh vazir o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchilik qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda. 

O`zbekiston Respublikasining JSTga kirishi bo`yicha Ishchi guruhi raisi, Koreya Respublikasining Jahon savdo tashkilotidagi doimiy vakili Dji-a Pek tadbir ishtirokchilarini O`zbekiston tomonidan Tashkilotga kirish va zarur hujjatlarni tayyorlash jarayonida o`tilgan bosqichlari bilan tanishtirdi.

 Yig`ilish doirasida O`zbekistonning tashqi savdo rejimi to`g`risida kengaytirilgan Memorandumning muhokamasi bo`lib o`tdi va mamlakat tomonidan tashqi savdo sohasidagi tartibga solishni JSTga a`zo davlatlar tomonidan tan olingan me`yorlar va standartlarga muvofiqligini ta`minlash bo`yicha ko`rilayotgan choralar qayd etildi.

Ta`kidlash kerakki, O`zbekistonning JSTga kirishi bo`yicha Ishchi guruhining 4-chi yig`ilishini o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish jarayonida Tashkilot Kotibiyatiga zarur hujjatlarning to`liq to`plami, jumladan, a`zo mamlakatlarning 300 dan ortiq savollariga javoblar, savdo sohasida texnik to`siqlardan foydalanish, sanitariya va fitosanitariya choralari, bojxona baholash bo`yicha suratli savollarning nazorat ro`yxatlari, importni lisenziyalash jarayoni to`g`risidagi savolnoma, intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari to`g`risidagi ma`lumotlar, shuningdek, milliy qonunchilikni JST kelishuvlari me`yorlariga muvofiqlashtirish bo`yicha Reja taqdim etildi, deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1