1

O`zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar qator faoliyat turlari to`xtatiladi

Jamiyat 08.07.2020, 13:04
O`zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar qator faoliyat turlari to`xtatiladi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan 1 avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi ob`ektlar faoliyati to`xtatildi:

* parklar va istirohat bog`laridagi attraksionlar;

* buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug`ullanuvchi yirik do`konlar;  

* sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;  

* tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat`i nazar maktabgacha ta`lim tashkilotlari, o`quv kurslari va har qanday to`garaklar;

*umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (etkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);

*sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari.

Sharhlar

Меҳмон 08.07.2020, 16:36
Жамоат транспорти хам ту́хтатилармикан?
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1