AsosiyJamiyat

Avtotransportlar bo`yicha cheklovlar ertaga e`lon qilinadi. Endi transport vositalari faqat maxsus stikerlar bilan harakatlanish mumkin

'Avtotransportlar bo`yicha cheklovlar ertaga e`lon qilinadi. Endi transport vositalari faqat maxsus stikerlar bilan harakatlanish mumkin'ning rasmi

Xabar berganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilayotgan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

 Unda O`zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar respublika miqyosida avtotransport vositalari harakati cheklanishi borasida ham e`lon qilindi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G`iyosovning so`zlariga ko`ra, Maxsus komissiyaning 33-sonli qarori bilan belgilangan talab yuzasidan tez orada batafsil ma`lumot beriladi.

— Hozirda Maxsus komissiya tomonidan cheklovlarning aniq tartibi ishlab chiqilyapti. O`ylaymanki, ertaga alohida brifing qilib, aniq tartibini sizlarga etkazamiz. Hozir paytdan foydalanib, barcha fuqarolarimiz avtotransport bilan bog`liq ishlarini shu ikki kun ichida bitirib, oxiriga etkazib olishlari maqsadga muvofiq. 

Viloyatlararo transportlar harakati o`zi taqiqlangan, lekin Toshkent shahri va Toshkent viloyati o`rtasida ishga qatnovchilarga ruxsat berilgan edi. Endilikda bu ham taqiqlanadi. Ya`ni butun respublika hududi «qizil» hududga aylanadi.

Uning qo`shimcha qilishicha, maxsus stikerga ega avtomobillar harakatiga ruxsat etiladi.

    Boshqa yangiliklar