O`zbekiston-Qozog`iston chegarasidagi 3 mingdan ortiq vatandoshimiz muammosi tez muddatda hal qilinadi — TIV

Jamiyat 08.07.2020, 19:52
O`zbekiston-Qozog`iston chegarasidagi 3 mingdan ortiq vatandoshimiz muammosi tez muddatda hal qilinadi — TIV

Hozirgi kunda “Jibek joli” – «G`isht-Ko`prik» nazorat-o`tkazish punkti yaqinida 3000 dan ortiq O`zbekiston fuqarolarining to`planishi kuzatilgani xabar qilingan edi.

Bosh konsulxona xodimlari nazorat-o`tkazish punktida bo`lib turishibdi, vatandoshlar bilan doimiy aloqa o`rnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan, deya xabar bermoqda TIV,

Ta`kidlash joizki, 1 iyuldan buyon 2700 dan oshiq vatandoshlar, asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yosh bolali ayollar O`zbekiston-Qozog`iston chegarasini kesib o`tishdi.

Texnik sabablarga ko`ra so`nggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan o`tishlari cheklangan miqdorda amalga oshirildi.

“Jibek joli” o`tkazish punkti orqali respublika fuqarolarining O`zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog`liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1