Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 22 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 49 nafar, 3-son tug`ruq kompleksida 2 nafar, 1-son Respublika klinik shifoxonasida 84 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 1 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, jami 172 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi.
Ta`kidlash joizki, avval xabar berganimizdek, bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida 77 nafar bemor sog`aygandi.
Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun 249 nafar inson koronavirus infeksiyasidan forig` bo`ldi va sog`ayish ko`rsatkichi bo`yicha yangi rekord o`rnatildi.
Eslatib o`tamiz, bundan oldingi rekord ko`rsatkich joriy yilning 3 iyul kuni qayd etilgan bo`lib, 217 nafar bemor tuzalgandi.
Shunday qilib, ayni vaqtda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 7060 nafarni tashkil etmoqda.






