1

Koronavirusga chalingan qoraqalpog`istonlik 56 yoshli bemor vafot etdi

Jamiyat 08.07.2020, 22:56
Koronavirusga chalingan qoraqalpog`istonlik 56 yoshli bemor vafot etdi

Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra bugun Nukus shahrida yashovchi 56 yoshli Z.D. (ayol) ismli bemor koronavirus asoratlari sababli vafot etdi.

U joriy yil 23 iyun kuni bosh og`rig`i, tana haroratining ko`tarilishi, yo`tal, burundan suv oqishi, aksirish, qaltirash va ishtahaning yo`qolishi kuzatilgan. Bemor hech kimga murojaat qilmasdan uyida o`zi davolangan.

29 iyun kuni esa tana harorati tushmaganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan va izolyatorga joylashtirilgan.  

Shu kuni “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va unda ushbu kasallik tasdiqlangan.

Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida unga “COVID-19” infeksiyasining og`ir kechishi, shuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas etishmovchiligining 3-darajasi, yurak qon-tomir etishmovchiligining 3-darajasi, o`tkir respirator distress sindromi tashxisi kuyilgan.

Bemor bir necha yil davomida gipertoniya, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan. Bundan tashqari, u zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi, semizlikning 2-darajasidan ham davolanib kelgan.

Shifoxonada bemor bir necha marta Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultasiya qilingan, davolash jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1