1

45-o`lim: Toshkentlik 72 yoshli ayol ham koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 08.07.2020, 23:38
45-o`lim: Toshkentlik 72 yoshli ayol ham koronavirusdan vafot etdi

Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli L.S. (ayol) 29 iyundan 1-son Respublika klinik shifoxonasida “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning o`ta og`ir kechishi, nafas etishmovchiligining 3-darajasi, surunkali yurak qon-tomir etishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Shuningdek, bemor bundan avval yurak ishemik kasalligi, zo`riquvchi stenokardiya, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi (insulinga muhtoj), diabetik nefropatiya, angiopatiya, retinopatiya, polineyropatiya, yog`li gepatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan.

Dinamikada bemorning holati og`irlashganligi sababli 4 iyul kuni u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o`tkazilgan.

Klinikada bemor bir necha marta Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi –SSV.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1