Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan e`tiboran respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini cheklash bo`yicha yangi tartib joriy etilmoqda.
Unga ko`ra, yo`nalishsiz taksilarga yo`lovchi tashishga quyidagi maxsus talablar asosida ruxsat beriladi:
* yo`lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o`rindig`i yo`lovchilar o`rindig`idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to`silgan bo`lishi kerak;
* haydovchi va yo`lovchi tibbiy niqobda bo`lishi (tibbiy niqobsiz yo`lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;
* faqatgina ikki nafar yo`lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o`rindig`iga o`tkazilishi kerak;
* faqatgina avtotransport vositasi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishi shart.
Mavzuga doir: