1

10 iyuldan O`zbekistonda ishchi-xodimlar masofdan ishlashga o`tadi. Uning tartibi qanday?

Jamiyat 09.07.2020, 08:42
10 iyuldan O`zbekistonda ishchi-xodimlar masofdan ishlashga o`tadi. Uning tartibi qanday?

Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiya qarori bilan O`zbekistonda karantin choralari 10 iyuldan 1 avgustga qadar yana kuchaytirildi. Joriy qilingan yangi tartiblar qatorida ishchi-xodimlarni masofadan ishlash tizimiga o`tkazish ham belgilandi. Shundan kelib chiqib, masofadan ishlash tartib-qoidalari haqida batafsil bilib olish muhim hisoblanadi. 

Xo`sh, qanday toifadagi xodimlar vaqtincha masofaviy ishlash tartibiga o`tishi mumkin?

Birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar. Ulardan keyin, boshqa xodimlar masofaviy ishlash tartibiga o`tishi mumkin.

Masofaviy ishlash uchun alohida buyruq chiqarilishi shartmi?

Albatta, xodimni masofaviy ishga vaqtinchalik o`tkazishda ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik ishga o`tkazish haqida muddati ko`rsatilgan buyruq chiqariladi.

Masofaviy ishga o`tayotganda mehnat shartlari qanday belgilanadi?

Ish beruvchi va xodim o`rtasida ilgari tuzilgan mehnat shartnomasiga tegishli o`zgartirish kiritiladi. Shartnomada masofaviy ishlash davridagi mehnat shartlari kelishib olinadi.

Ish vaqtining davomiyligi va tartibi qanday belgilanadi?

Bunday holda, xodim ishlab chiqarish topshirig`ining hajmi va mehnat shartnomasida ko`rsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda ish vaqti va davomiyligini mustaqil belgilaydi.

 Xodim masofadan ishlasa, unga haq to`lash masalasi qanday bo`ladi?

Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o`z xohishiga ko`ra taqsimlashini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi to`lanadi.  

Xodimning masofaviy ishda ishlagani uning ta`tilga chiqishiga ta`sir qiladimi?

Yo`q, ta`sir etmaydi. Bunday holda xodim ta`tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta`tiliga chiqish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo`yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarini to`liq saqlab qoladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1