1

Farg`onada Koreya va Yaponiya davlatlariga ish va`da qilib, 13 300 AQSh dollarini "uxlatgan" firibgarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 09.07.2020, 09:16
Farg`onada Koreya va Yaponiya davlatlariga ish va`da qilib, 13 300 AQSh dollarini "uxlatgan" firibgarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Farg`ona tumanida Koreya va Yaponiya davlatlariga ishga jo`natishga yordam bermoqchi bo`lgan firibgarga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi. 

Aniqlanishicha, 2019 yil aprel oyida fuqaro M.F. tanishi A.D.ni ishonchiga kirib, Koreya va Yaponiya davlatlariga ishlash uchun borishda yordam berishini aytib, aldov yo`li bilan uning 13.300 AQSh dollarini olib, bergan va`dasini bajarmasdan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1