1

Samarqandda to`lanmagan aliment sabab IIB hibsxonasiga olib kelingan 34 yoshli erkak tutqatoq tutib, vafot etdi

Jamiyat 09.07.2020, 09:39
Samarqandda to`lanmagan aliment sabab IIB hibsxonasiga olib kelingan 34 yoshli erkak tutqatoq tutib, vafot etdi

Samarqand viloyati Qo`shrabot tumanida aliment to`lamagani uchun suddan yashirinib yurib, qidiruvga berilgan va topilganidan keyin IIB hibsxonasiga olib kelingan 34 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda «darakchi.uz»ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Keltirilishicha, Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida (Voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`shrabot tuman sudida O.N.ga nisbatan bo`lgan jinoyat ishi sud jarayonida ko`rilishida O.N. suddan yashiringanligi sababli sud ajrimi bilan 2020 yil 13 may kuni unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan. Qidiruvdagi mazkur shaxs 2020 yil 2 iyulda ushlanib, tuman IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtiriladi. 4 iyul kuni soat 21:00 lar atrofida to`satdan vafot etgan.

Surishtiruvlar natijasida aniqlanishicha, marhum O.N. 4 iyul kuni soat 10:00 larda ko`ziga turli narsalar — ilon, chayonlar ko`rinayotganini aytib, hibsxona xodimiga shikoyat qilgan. Shundan so`ng tuman tibbiyot birlashmasi psixiatr-narkologi U.Abduvohidov hibsxonaga chaqirilgan. U bemorga surunkali alkogolizm, abstinek sindromi tashxisini qo`yib, 2 mahal «Galopril» tabletkasini berishni tavsiya qilgan.

O.N. hibsda saqlanayotgan hujra kuzatuv kameralari videoyozuvlari ko`zdan kechirilganida ham bemorda talvasa kuzatilgani ma`lum bo`lgan. O.N.ning yaqin qarindoshlari ham unda oldindan tutqanoq kasalligi bo`lgani, u avval tez-tez bu kabi talvasa holatlarida bo`lganini bildirgan. Murda mutaxassis ishtirokida tekshirilganida ham tananing tashqi tarafida tan jarohatlari aniqlanmagan.

O.N.ning murdasi sud tibbiyot ekspertizasi tekshiruvidan o`tkazilganida uning o`limiga o`tkir o`pka va bosh miya shishi sabab bo`lgani aniqlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1