1

MIB Toshkentda tadbirkor foydasiga 205 mln. so`m undirdi

Jamiyat 09.07.2020, 10:38
MIB Toshkentda tadbirkor foydasiga 205 mln.  so`m undirdi

Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudi qarzdor   “Qurilish Universal Kompakt Servis” MChJdan undiruvchi "Vilina" jamiyati foydasiga 199.606.216 sum asosiy karz va  3.992.124 so`m penya, 2.035.983 sum davlat boji va 17.840 so`m pochta xarajati   undirish ko`rsatilgan.  Bu haqda Darakchiga MIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur ijro hujjati Byuroning Yunusobod tuman bo`limiga 15 iyun sanasida kelib tushgan va O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organalar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining 23-moddasiga ko`ra,   ijro ishi yuritish qo`zg`atilgan.  Bo`lim davlat ijrochisi Sh.Maksudov tomonidan qarzdorga ijro hujjati talabini bajarishi uchun ixtiyoriy muddat belgilangan. Berilgan ixtiyoriy muddat davomida  qarzdor   “Qurilish Universal Kompakt Servis” MChJdan undiruvchi "Vilina" MChJ foydasiga jami 205.652.163 so`m qarz pullari to`lov topshiriqnomasiga asosan,  to`liq undirib berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1