Qamchiqda daxshatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

Jamiyat 09.07.2020, 12:01
Qamchiqda daxshatli  YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

8 iyul kuni soat 07:30 da Pop tumani hududidan o`tuvchi “Toshkent-Osh” avtomobil yo`lida  28 yoshli J.J. boshqaruvida bo`lgan sement yuklangan “ISUZU” rusumli avtomashinasini “Toshkent” yo`nalishi bo`ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, boshqaruvni yo`qotib, yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, jarlikka ag`darilib ketgan. Oqibatida, avtomashina haydovchisi J.J. va yo`lovchisi 23 yoshli Sh.J., lar tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etganlar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga sabab bo`lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar transport vositasini boshqarayotganda xushyor va sergak bo`lishingizni hamda amaldagi “Yo`l harakati qoidalari” ga qat`iy rioya qilishingizni so`raymiz, agarda sizda charchoq alomatlari bo`lsa, ushbu holatda transport vositasini boshqarmasligingizni so`raymiz" deyiladi xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1