Poytaxtdagi dorixona ishchisi kuchli ta`sir qiluvchi dorini noqonuniy sotmoqchi bo`lganda qo`lga olindi

Jinoyat 09.07.2020, 12:31
Poytaxtdagi dorixona ishchisi kuchli ta`sir qiluvchi dorini noqonuniy sotmoqchi bo`lganda qo`lga olindi

27 iyun kuni soat 18.00 da Shayxontohur tumanida «Elita Farm LTD» MChJga tegishli dorixonaning 45 yoshli ishchisi Nurali K. 1.200.000 so`m evaziga 12 flakon «Tropikamid» sotmoqchi bo`lganida qo`lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi 3 qismi («Kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish») bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

4 iyul kuni soat 14.30 da Mirzo-Ulug`bek metro bekati yaqinida profilaktik tadbirlar olib borilishi davomida jinoyat qidiruv xodimlari shubha uyg`otgan yigitni to`xtatishdi. 20 yoshli samarqandlik Samariddinbek M. tekshirilganda, uning sumkasidan 37 ta tabletka «Pregabalin» topildi.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi bo`yicha («Kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish») jinoiy ish qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1