Xabar berganimizdek, AOKA anjumanlar zalida Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo`lib o`tmoqda.
Respublika bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov brifingda bayonot berdi.
Uning so`zlariga ko`ra, dunyoda sanitariya-epidemiologiya holati tobora jiddiylashib bormoqda. Biroq, oxirgi vaqtlarda choralar kuchaytirilmasa, respublikadagi vaziyat yanada chigallashishi mumkin.
“Karantin choralarini yumshatishni ko`pchilik noto`g`ri tushundi. Biroq, bu holatda davom etsak, vaziyat bundan-da chigallashishi mumkin”, - dedi Nurmat Otabekov.