1

Nima uchun avtotransport vositalarida Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga (hamda aksincha yo`nalishda) kirib chiqish istisno holat sifatida ruxsat berildi?

Jamiyat 09.07.2020, 13:24
Nima uchun avtotransport vositalarida Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga (hamda aksincha yo`nalishda) kirib chiqish istisno holat sifatida ruxsat berildi?

AOKA anjumanlar zalida Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo`lib o`tmoqda. Ushbu savolga Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i, polkovnik Olim Choriqulovich Saidov javob qaytardi:
«Toshkent shahri va Toshkent viloyati ma`muriy hudud sifatida uzviy bog`liq. Aksariyat Toshkent viloyati aholisi Toshkent shahrida ishlaydi.
Ushbu ikki hudud chegaralari juda jipslashgan - Toshkent shahri to`liq Toshkent viloyati qurshoviga olingan. Shu sababli Maxsus komissiyaning navbatdagi bayonida shunday istisno kiritildi».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1