AsosiyJamiyat

«Avval koykalar etarli ekani, keyin esa koyka etmasligi haqida bong yuryapsiz?» Oqilov internetdagi tanqidlarga javob qaytardi

'«Avval koykalar etarli ekani, keyin esa koyka etmasligi haqida bong yuryapsiz?» Oqilov internetdagi tanqidlarga javob qaytardi'ning rasmi

AOKA anjumanlar zalida Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo`lib o`tmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi shtab a`zosi Habibulla Oqilov:
 

«Kechagi brifingdan keyin internetda hamyurtlarimiz tomonidan ko`plab fikr va mulohazalar bildirildi. Shaxsan menga yuborilgan savollarda aytilyapti, o`rtoq Oqilov bir kun oldin (7 iyul kuni) hamma narsa bisyor, koykalar etarli, dori-darmonlar etarli, bir kun o`tib koyka etmasligini, vaziyat og`irlashganini bong yuryapsiz. Buni qanday tushunish kerak?!

Haliyam men gapimdan qaytmayapman. Hamma narsa bor. Davlat rahbari, hukumat, Sog`liqni saqlash vazirligi pandemiyaning birinchi kunidan boshlab zarur chora-tadbirlarni hammasini bajarib kelyapti.  Kerakli miqdorda koykalarni tayyorlash, klinikalarni profilini o`zgartirish, shifokorlarni o`qitish bormi, kerakli dori-darmon va reaktivlar zaxirasini tayyorlab qo`yish — bularning hammasi bor, bisyor. Buni hech kim inkor etmaydi.

    Boshqa yangiliklar