1

Qirg`iziston: Mehnat ta`tilidagi tibbiyot xodimlarni chaqirib olishga ko`rsatma berildi

Dunyo 09.07.2020, 14:30
Qirg`iziston: Mehnat ta`tilidagi tibbiyot xodimlarni chaqirib olishga ko`rsatma berildi

Qirg`iziston Bosh vaziri Qubatbek Boronov Respublika tezkor shtabining 8 iyul kuni bo`lib o`tgan navbatdagi majlisida Sog`liqni saqlash vazirligiga mehnat ta`tilida bo`lgan barcha xodimlarini chaqirib olishga ko`rsatma berdi.

Ta`kidlanishicha, hozir odamlar tibbiyot xodimlari yordamiga muhtoj. «Kimda-kim kasallik ta`tilida bo`lsa, davolanishda davom etaversin, sog`lig`ini tiklasin. Mehnat ta`tilini sog`-salomat o`tkazayotgan tibbiyot xodimlari ishga chiqishi, tunu kun shifoxonalarda navbatchilik qilayotgan, bemorlarni qabul qilib olayotgan hamkasblariga yordam berishi kerak», - dedi Boronov.

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, bugungi kunda tibbiyot xodimlarining ma`lum qismi ta`tilga chiqqan. Ularning qanchasi qonuniy dam olishda ekani aniqlanmagan.

Avvalroq Qirg`izistonda atigi 29 502 mutaxassis sog`liqni saqlash tizimiga amaliy yordam berayotgani, ularning 8 322 nafari oliy ta`limga ega mutaxassislar ekani aytilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1