48-o`lim: Toshkentda 51 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 09.07.2020, 16:24
48-o`lim: Toshkentda 51 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Shayxontohur tumanida yashovchi R.N.ni so`nggi 3-4 kun davomida hansirash bezovta qilgan. 4 iyul kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan va unda "COVID-19" infeksiyasi tasdiqlangan. Ko`krak qafasi rentgen tekshiruvidan o`tkazilganda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan.

Davolanish dinamikasida bemorning ahvoli og`irlashib, nafas etishmovchiligi va hansirash kuchaygan. Shundan so`ng u 1-son shahar klinik shifoxonasining reanimasiya bo`limiga o`tkazilgan. Bemor bundan avval epilepsiya kasalligi bilan nazoratda turgan, 2-guruh nogironi.

SSVning xabar berishicha, reanimasion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1