1

Buxoro davlat universiteti o`qituvchisi jinoyat ustida ushlandi

Jamiyat 09.07.2020, 16:26
Buxoro davlat universiteti o`qituvchisi jinoyat ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro davlat universiteti o`qituvchisi Sh.Q.ning firibgarligi fosh bo`ldi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.

Oliygoh o`qituvchisi tanishlari orqali fuqaro G.ni mazkur universitetga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 4 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1