1

Maktablarda darslar onlayn bo`ladigan bo`lsa, 1-sinflarga ta`lim berish qanday yo`lga qo`yiladi? Vazir munosabat bildirdi

Jamiyat 09.07.2020, 16:36
Maktablarda darslar onlayn bo`ladigan bo`lsa, 1-sinflarga ta`lim berish qanday yo`lga qo`yiladi? Vazir munosabat bildirdi

AOKA anjumanlar zalida brifing bo`lib o`tmoqda. Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi,  Xalq ta`limi vazirligi,  Maktabgacha ta`lim vazirligi ishtirokidagi yig`ilishda  Karantin davrida ta`lim tizimidagi cheklovlar, qabul jarayonlari va sohaga oid boshqa o`zgarishlar, mavzusiga to`xtalib o`tilmoqda. 

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov  esa uchrashuv davomida 1-sinflarga ta`lim berish qanday yo`lga qo`yiladi, savoliga quyidagicha javob berdi:

—  Avvalo, darslar onlayn bo`lishi to`g`risida rasman ma`lumot berildimi?! Yaxshi niyat qilaylik, virusdan qutulaylik. Boshlang`ich ta`limda dunyo miqyosida onlayn maktab tajribaschi o`zini oqlasa, allaqachon shu tizimga o`tilardi. Onlayn tizim bo`lmasin.

Hozirgi holatdan ko`rinib turibdiki, sentyabrga kelib, vaziyat engillashsa, onlayn darslar bo`lmaydi.  

Xavfsizlik choralari ko`rilsa, epidemiologik vaziyat yomonlashmasligi to`g`risida ham yondashuvlar bor. Bola maktabda bo`lganda ham, darslar televidenie orqali bo`ladi. Bu pandemiya tufayli emas. Maqsad uzoq hududlarga sifatli darslar orqali qo`shimcha yordam bo`ladi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1