1

Jizzaxda 28 yoshli ayol ham koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 09.07.2020, 16:38
Jizzaxda 28 yoshli ayol ham koronavirusdan vafot etdi

Jizzax shahrida yashovchi M.O.ning 22 iyun kunidan tana harorati ko`tarilib, u uy sharoitida davolanib yurgan. Bemor ahvoli og`irlashib, 4 iyul kuni tibbiyot xodimlariga murojaat qilganidan so`ng, undan "COVID-19" infeksiyasi tasdiqlangan. Unda ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o`tkir nafas etishmovchiligi kuzatilgan.

Bemor sun`iy nafas berish apparatiga ulangan.

Biroq ko`rsatilgan reanimasion choralarga qaramasdan bemorning holati keskin og`irlashib, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1