1

Poytaxtdagi Sag`bon ko`chasining ma`lum qismi ikki kunga yopiladi

Jamiyat 09.07.2020, 19:06
Poytaxtdagi Sag`bon ko`chasining ma`lum qismi ikki kunga yopiladi

Sag`bon ko`chasida ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli ushbu ko`chaning Nurafshon ko`chasidan Farobiy ko`chasigacha bo`lgan qismi 10 iyul soat 8:00 dan harakatlanish uchun ikki kunga qisman yopiladi.  Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ikki tomonlama harakatlanish yo`lning bir tomonida amalga oshiriladi.  

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo`llar orqali harakatlanishni tavsiya etamiz.  

Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1