1

BMT Bosh kotibi koronavirus IShID va Al-Qoidaga imkoniyat aratganini ma`lum qildi

Jamiyat 09.07.2020, 20:48
BMT Bosh kotibi koronavirus IShID va Al-Qoidaga imkoniyat aratganini ma`lum qildi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh COVID-19 IShID, Al-Qoida va uning hamkorlari, shuningdek, neo-nasistlarning rivojlanishiga imkoniyat yaratganini ta`kidladi BMTning terrorizmga qarshi kurash haftaligining ochilishida qilgan nutqida.  

Guterreshning ma`lum qilishicha, bir paytlar Suriya va Iroqda katta hududlarni nazorat qilgan IShID yana mazkur mamlakatlarda kuchayishga urinmoqda.  

“Koronavirus pandemiyasi raqamli texnologiyalarni noto`g`ri yo`llarda ishlatish va bioterrorizm kabi terrorizmning yangi vujudga kelayotgan shakllariga qarshi kurashda bizning kuchsiz tomonlarimizni ko`rsatib berdi”, – degan Guterresh.

 Ushbu virtual mitingda Evropa Ittifoqining yuqori lavozimli diplomati Jozep Borrel dunyo bo`ylab koronavirusning antiterror harakatlariga qilgan ta`sirini anglash muhimligini ta`kidladi:

“Shu narsa haqiqatki, ba`zi joylarda koronavirus tufayli terror harakatlari kamaydi. Buning asosiy sababi davlatlarning xavfsizlik tizimlarining hamkorlikda ish olib borishganidir. Lekin, boshqa hududlarda terrorizm va odamlarning azob chekishi hamon davom etmoqda”.

AQShlik sobiq diplomat Richard Haas COVID-19 terrorizmga qarshi kurashdagi muammolarni yanada ko`paytirishini aytdi:

“Koronavirus ko`plab davlatlarning qashshoq va kuchsiz bo`lishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda terror tashkilotlariga a`zo bo`ladigan odamlarning soni oshishining ehtimoli yuqori”, -dedi Haas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1