1

Buxorolik 53 yoshli bemor koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi

Jamiyat 09.07.2020, 22:43
Buxorolik 53 yoshli bemor koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, bugun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 53 yoshli N.S. joriy yil 20 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo`limiga yotqizilgan.

22 iyun kuni esa bemorning ahvoli og`irlashib, tez tibbiy yordam avtomashinasida Buxoro viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazining reanimasiya bo`limiga ko`chirilgan. Unga “COVID-19”, ikki tomonlama pnevmoniya, o`tkir nafas va o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi tashxisi qo`yilgan. Shuningdek, unda gipertoniya kasalligi ham qayd etilgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1