1

O`zbekistonda koronavirusning 51-qurboni surxondaryolik 35 yoshli erkak bo`ldi

Jamiyat 09.07.2020, 23:33
O`zbekistonda koronavirusning 51-qurboni surxondaryolik 35 yoshli erkak bo`ldi

SSV koronavirusdan yana bir o`lim holati bo`lganini ma`lum qildi.

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi 35 yoshli S.S. (erkak) joriy yil 28 iyun kuni tomog`ida og`riq sezgan, nafas yo`llari yallig`langan. Ammo hech kimga murojaat qilmay, uyida o`zicha davolangan.

2 iyul kuni sog`lig`i yomonlashavergach, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Unda “COVID-19” tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya og`ir kechishi, o`tkir nafas, yurak qon-tomir etishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, semizlik va surunkali pielonefrit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.  

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1