Bu yil OTMlarda kontrakt puli miqdorida qanday o`zgarish bo`ladi?

Jamiyat 10.07.2020, 05:33
Bu yil OTMlarda kontrakt puli miqdorida qanday o`zgarish bo`ladi?

Kontrakt pulini to`lash tizimiga o`zgartirishlar kiritildimi? Karantin sharoitidan kelib chiqib, moliyaviy imtiyozlar belgilanganmi?

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inomjon Majidov AOKA anjumanlar zalida o`tkazilgan brifingda mazkur savolga javob qaytardi:

➖ Kontrakt miqdori bo`yicha hech qanday o`zgarish kiritilmadi. Kontrakt puli eng kam oylik miqdoriga bog`langan. Agar shu bog`lanish koeffisienti o`zgarsagina, kontrakt summasi o`zgarishi mumkin.  

Hozirgi kontrakt bazaviy miqdori shartli ravishda qo`yilgan miqdor. U hamma xarajatlarni qoplaydigan miqdor emas. Bu miqdorning o`zi imtiyozli.

Joriy yildan 10 ta OTM o`zini o`zi moliyalash tizimiga o`tayotgan edi. Ya`ni bu OTMlar xarajatlarini qoplash uchun o`zlari kontrakt miqdorini belgilashlari kerak edi. Lekin karantin sharoitidan kelib chiqib, ular shartnoma pulini o`zgartirmaslika qaror qilishdi. Buyam imtiyozlardan biri hisoblanadi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1