1

O`zbekistonda yana bir diniy tashkilot davlat ro`yxatidan o`tkazildi

Jamiyat 10.07.2020, 06:00
O`zbekistonda yana bir diniy tashkilot davlat ro`yxatidan o`tkazildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasida Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan «Agape» to`liq Evangel xristian cherkovi 160-son bilan davlat ro`yxatidan o`tkazildi.Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shu o`rinda ta`kidlash joiz, bag`rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo, konfessiyalararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash O`zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri sanaladi.

Yurtimizdagi millatlararo va konfessiyalararo do`stlik va totuvlik, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, islohotlar samaradorligini oshirish mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishning eng muhim omilidir.

Ana shu jihatlarni e`tiborga olgan holda, yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha konfessiya vakillariga bir xilda e`tibor qaratilib kelinadi. Diniy konfessiyalarga taalluqli bo`lgan yangi diniy tashkilotlarning davlat ro`yxatidan o`tkazilishi esa mazkur konfessiyalarga mansub fuqarolarning diniy ehtiyojlarini o`rganish asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Mamlakatimiz Konstitusiyasi va qonunlarimizda O`zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qat`i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qo`yilgan. Ularga o`z milliy madaniyati, an`ana va urf-odatlarini saqlash va har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarning ta`minlanishi belgilab berilgan hamda amalga oshirib kelinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1