1

Uchko`prik tumanida “Nexia-2” betonga urilishi oqibatida yo`lovchi vafot etdi

Jamiyat 10.07.2020, 07:45
Uchko`prik tumanida “Nexia-2” betonga urilishi oqibatida yo`lovchi vafot etdi

6 iyul kuni fuqaro A.U. boshqaruvidagi  “Nexia-2” rusumli  avtomashinasini Mehnatobod mahallasi hududida boshqarib ketayotib, avtomashina boshqaruvini yo`qotib yo`l chetidagi beton to`siqqa urilishi oqibatida avtomashinada bo`lgan yo`lovchi A.R. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar qilishicha, haydovchi Yu.B, yo`lovchilar N.Z. va M.N.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1