1

Koreya Respublikasida yana 10 nafar o`zbekistonlik bepul sug`urtalandi

Jamiyat 10.07.2020, 10:38
Koreya Respublikasida yana 10 nafar o`zbekistonlik bepul sug`urtalandi

Avval xabar qilinganidek, «Probest » moliyaviy korporasiyasi Koreya davlatida bo`lib turgan 100 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 13 oy davomida hech qanday to`lovlarsiz, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bo`lgan tibbiy sug`urta bo`yicha homiylik qiladi.

Sug`urta polisi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi tomonidan tavsiya etilgan shaxslarga rasmiylashtiriladi.

1-bosqichda har bir fuqaro uchun taxminan 150 ming vondan 200 ming vongacha mablag` sarflanishi ko`zda tutilgan.

Mazkur sug`urta polisini rasmiylashtirish uchun Vakolatxonaga fuqarolar  pasport, ID karta va bank hisob raqami kitobchasi bilan kelishi zarur.

Sug`urta bo`yicha Vakolatxonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin:

☎️ 062 962 0201 (rus tilida),

☎️ 070 4252 2772 (o`zbek tilida).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1