AsosiyDunyo

Yana bir davlat prezidentida koronavirus aniqlandi

Boliviyaning vaqtinchalik prezidenti Janin Aniez ham koronavirus kasaliga chalindi. Bu haq...

'Yana bir davlat prezidentida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Boliviyaning vaqtinchalik prezidenti Janin Aniez ham koronavirus kasaliga chalindi. Bu haqida siyosatchi o`zining Twitter ijtimoiy tarmog`ida yozib qoldirdi. Uning so`zlariga ko`ra, xozirda u o`zini yaxshi xis etmoqda va izolyasiya rejimida masofadan turib ishlashda davom etadi. Bu haqda Uzreport yozmoqda.



"Oxirgi paytda juda ko`pchilik infeksiyani yuqtirgani aniqlandi. Shuning uchun men ham test topshirishga qaror qilgan edim. Afsuski menda ham virus borligi tasdiqlandi. 2 xaftadan keyin men qayta test topshiraman va ungacha uydan turib ishlayman” dedi Aniez.

Aniez ilgari Boliviya parlamentining ikkinchi vise-spikeri lavozimida faoliyat yuritgan. Davlatning sobiq rahbari Evo Morales norozilik namoyishlari tufayli mamlakatdan qochib ketganidan keyin u vaqtinchalik prezident lavozimiga tayinlandi. 3 mayda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlari pandemiya tufayli sentyabr oyiga qoldirildi.

    Boshqa yangiliklar