Er oldi-sotdisidagi muammolarni hal qilish uchun fuqarolarga qulay imkoniyat yaratildi

Jamiyat 10.07.2020, 13:14
Er oldi-sotdisidagi muammolarni hal qilish uchun fuqarolarga qulay imkoniyat yaratildi

Bugun Davergeodezkadastr qo`mitasida “Er munosabatlari” mavzusida videovebinar bo`lib o`tdi. Bu haqda saytimizga O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mita raisining matbuot kotibi-axborot siyosati bo`yicha maslahatchisi Ne`mat Atamuratov xabar qildi. Ushbu vebinardan ko`zlangan maqsad fuqarolar va tadbirkorlarni er masalalari bo`yicha qiynab kelayotgan muammolariga echim topish, savol va takliflarni tinglash hamda ularga qonuniy echim topish edi...

Vebinarda 60 dan ziyod fuqaro va tadbirkorlarning o`zboshimchalik bilan egallangan erlarni qaytarish, yosh tadbirkorlarga auksionsiz er berish tartibi, erga egalik qilishning qonuniy asoslari kabi va boshqa dolzarb savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. 

Rustam PAYZIEV, O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi mutaxassisi:

Bugun o`tkazilgan vebinar chekka hududlarda bizgacha etib kelmayotgan muammolar borligini ko`rsatib berdi. Fuqarolar va tadbirkorlarimizning mulk daxlsizligini ta`minlash hamda barcha savollarga qonun doirasida echim topishga oradagi to`siqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratdi.

Xozirgi kundagi karantin choralarini inobatga olgan holda, fuqarolar va tadbirkorlar bilan aloqalarni to`g`ridan to`g`ri olib borish maqsadida har haftaning dushanba va payshanba kunlari turli mavzularda shu kabi vebinarlar tashkil etish rejalashtirilgan. Vebinarlar bo`lib o`tadigan kun va soati mazkur tashkilotning rasmiy sahifalarida oldindan e`lon qilib boriladi. Mazkur vebinarlar o`zingizni qiynayotgan savollarga mutaxassislardan javob olib, muammolarga echim topish uchun qulay imkoniyat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1