AsosiyJamiyat

O`zbekistonga qaytib kelish istagini bildirgan Rossiyadagi vatandoshlarimiz qaysi manzilga murojaat qilishlari mumkin?

'O`zbekistonga qaytib kelish istagini bildirgan Rossiyadagi vatandoshlarimiz qaysi manzilga murojaat qilishlari mumkin?'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifing bo`lib o`tdi. Koronavirusga qarshi shtab a`zosi Habibulla Oqilov yuqoridagi savolga javob berdi:

- Respublika maxsus komissiya qaroriga ko`ra, O`zbekistonga qaytish istagini bildirgan vatandoshlarimizga mamlakatga qaytish uchun ruxsat berilgan. Rossiyadagi vatandoshlarimiz bu masala bo`yicha qo`shimcha axborot olish uchun Moskva shahridagi O`zbekiston elchixonasiga qo`ng`irok qilishlari mumkin.

Bundan tashkari Vladivostok, Ekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov va Sankt-Peterburg shaharlarida joylashgan Bosh konsulliklar qoshida tashkil etilgan operativ shtablarga ham murojaat kilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar