1

Koreyaga yuborilgan 105 fuqarodan 2 nafarida koronavirus aniqlandi. Endi keyingi reyslar kechiktiriladi

Jamiyat 10.07.2020, 18:26
Koreyaga yuborilgan 105 fuqarodan 2 nafarida koronavirus aniqlandi. Endi keyingi reyslar kechiktiriladi

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida mehnat ta`tili olib, O`zbekistonga qaytgan biroq, SOVID-19 virusining tarqalishi sababli ish joyiga qayta olmayotgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi.

Xabaringiz bor joriy yilning 10 iyun kunidan boshlab Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda qator davlat idoralari hamkorligida Koreya Respublikasidan ta`til uchun qaytgan fuqarolarni muntazam ravishda mavjud charter reyslar orqali tashkiliy tarzda jo`natilishi yo`lga qo`yilgan edi.

Hozirgi kunga qadar jami ta`tilga kelgan 105 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda jo`natilgan va ularning 2 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib hamda O`zbekiston Respublikasi hududidagi epidemiologik vaziyatni keskinlashganligi sababli Koreya Respublikasiga ishchi vizasi (E-9 vizasi) orqali kirib boruvchi fuqarolardan talab etilishi lozim bo`lgan tegishli hujjatlarga o`zgartirish kiritilganligi sababli joriy yilning iyul oyidagi charter reyslar orqali ta`tilga kelganlarni tashkiliy jo`natilishi rejalashtirilgan E-9 vizasiga ega fuqarolarni vaqtinchalik Koreya Respublikasiga kirib borishi kechiktirilishini ma`lum qilamiz.

Koreya Respublikasi tomonidan ishchi vizasiga ega fuqarolarning Koreya Respublikasiga kirish uchun taqdim etilishi talab qilinadigan hujjatlar to`g`risida qo`shimcha ravishda ma`lum qilamiz.

Ma`lumot uchun 71-202-33-55 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1