Koronavirusdan uy sharoitida davolanish bo`yicha savollarga javob beruvchi SALL-markaz ish boshladi

Jamiyat 10.07.2020, 21:31
Koronavirusdan uy sharoitida davolanish bo`yicha savollarga javob beruvchi SALL-markaz ish boshladi

Ma`lumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 iyundagi 31-son bayoniga asosan 2020 yilning 5 iyul sanasidan boshlab COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolash joriy etildi.  

COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarni uy sharoitida davolashni tizimli va sifatli tashkil qilish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan fuqarolarni uy sharoitida davolash va epidemiologik surishtiruv o`tkazish tartibi, bemorlarni 10 kunlik tibbiy kuzatuv monitoring hisoboti va  bemorlar to`g`risida ma`lumotlarni to`plash hamda tahlil qilish bo`yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.  

Shu bilan birga, bemorlarni uy sharoitida davolashga amaliy-uslubiy yordam ko`rsatish bo`yicha har bir hududga mas`ul xodimlar biriktirildi.  

Yurtimizning barcha hududlarida fuqarolarga har tomonlama qulaylik yaratish, COVID-19ning engil shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishi bilan bog`liq bo`lgan har qanday savollarga javob berish maqsadida doimiy ravishda faoliyat yurituvchi, malakali mutaxassislar bilan ta`minlangan Sall-markazlar va maxsus shtablar tashkil etildi.  

Barcha COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishlari bilan bog`liq masalalar bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli Sall-markaziga hamda yashash joyingizdagi oilaviy poliklinika, qishloq vrachlik punkti yoki qishloq oilaviy poliklinikasiga telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin.    

Sog`liqni saqlash vazirligi COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarga uy sharoitida davolanish davrida kasallikni oila a`zolari va boshqa fuqarolarga yuqtirmaslik uchun uydan chiqmasliklarini, aksirgan, yo`talganda burun va og`izni yopish, qo`lni doimo sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararsizlantirish, tibbiy niqob taqish va uni belgilangan tartibda almashtirish, xonani har 2-3 soatda tez-tez shamollatish, uydagilar bilan muloqotni cheklash,  ovqatlanganda alohida idish-tovoqlardan foydalanishni hamda sanitariya qoidalariga qat`iy amal qilishni tavsiya etadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1