Davlat xizmatlari agentligi DXMlarda yangi stikerlar berilmasligini ma`lum qildi

Jamiyat 10.07.2020, 22:12
Davlat xizmatlari agentligi DXMlarda yangi stikerlar berilmasligini ma`lum qildi

Davlat xizmatlari agentligi Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan transport harakatlanishi vaqtincha cheklanib, karantin joriy etilishi haqidagi xabar tarqalganidan keyin agentlik ijtimoiy sahifalari va Telegram-botiga mashinalarga stiker berish bilan bog`liq savollar kelib tushayotgani va aholi o`rtasida turli anglashilmovchiliklarga yuzaga kelayotganini qayd etgan.

Agentlik axborot xizmatining bayonotiga ko`ra maxsus komissiya bayoni bilan 2020 yilning 9 aprelidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari orqali harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi to`xtatilgan.

DXAga Davlat xizmatlari markazlari orqali stiker berish haqida hech qanday topshiriq belgilanmagan.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 9 iyuldagi axborotiga ko`ra, avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo`llaniladi.

Biroq boshqa stikeri mavjud bo`lmagan mashinalarning ham, faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) tegishli hudud doirasida (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Hududlar o`rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno).

Mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish, shifokor ko`rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1