1

Namanganda YTH oqibatida velosiped haydovchilari halok bo`ldi

Jinoyat 11.07.2020, 09:39
Namanganda YTH oqibatida velosiped haydovchilari halok bo`ldi

Joriy yilning 4 iyul kuni soat 08:30 larda Uychi tumani “Mustaqillik” mahallasi hududida shu tumanda yashovchi fuqaro o`ziga tegishli bo`lgan “VAZ-21063” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchini urib yuborgan. Afsuski, ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvchi 9 iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat bo`yicha tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bundan tashqari, 9 iyul kuni sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi ham afsuski ayanchli yakun topdi. Soat 16:30 larda, Kosonsoy-Namangan yo`lining 17 km.da tumanda yashovchi fuqaro “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchini urib yuborgan.

Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay og`ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etdi.

Hozirda ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hurmatli haydovchilar! Avtomobil boshqarayotganingizda yo`l harakati qoidalariga qat`iy rioya qiling. Bir insonning halok bo`lishiga yoki og`ir tan jarohat olishiga sababchi bo`lib qolmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1