AsosiyJamiyat

JSST Qozog`istonda noma`lum pnevmoniya tarqalgani haqidagi xabar sababli aloqaga chiqdi

'JSST Qozog`istonda noma`lum pnevmoniya tarqalgani haqidagi xabar sababli aloqaga chiqdi'ning rasmi

Bu haqda JSST vakiliga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi. Unga ko`ra, JSST Xitoy elchixonasi tomonidan Qozog`istonda pnevmoniyaning noma`lum turi tarqalgani haqida berilgan ogohlantirishdan keyin Qozog`iston hukumati bilan aloqa bog`lagan. 

Avvalroq Xitoyning Qozog`istondagi elchixonasi mamlakatda bo`lib turgan xitoylik fuqarolarni respublika hududida pnevmoniyaning xavfli turini keltirib chiqaradigan yangi infeksiya tarqalganidan ogohlantirgandi. Elchixonaning ta`kidlanishicha, mazkur pnevmoniyaning o`limga olib kelish xavfi COVID-19 infeksiyasinikidan kuchliroq.

«Pnevmoniya yuzaga kelishining ko`plab ehtimoliy sabablari mavjud, ulardan biri — Qozog`istonda tarqalayotgan COVID-19. Mamlakat rasmiylari tomonidan o`tgan bir haftada COVID-19 bilan bog`liq 10 mingdan ortiq holat qayd etilgan», — deya ta`kidladi JSST vakili.

Uning qo`shimcha qilishicha, ayni paytda tashkilot zarur yordam ko`rsatish uchun mamlakat hukumati bilan aloqada bo`lib turibdi.

Qozog`istonda koronavirusga chalinganlar soni 54 750 kishidan oshgan, 31 800 dan ortiq bemor tuzalishga muvaffaq bo`lgan. 6 iyul holatiga ko`ra, 264 kishi kasallik qurboniga aylangan, kasallikdan vafot etganlar soni haftada bir marta e`lon qilinmoqda.

Qozog`istonda 5 iyuldan boshlab 14 kun muddatga bir qator karantin cheklovlari joriy qilingan. Mazkur muddat tugagach cheklovlar uzaytirilishi yoki keskinlashtirilishi mumkin.

Avvalroq Qozog`istonning Olmaota shahri rasmiylari shaharda yaqin kunlarda kuzatilayotgan o`tkir respirator virusli infeksiyalar (O`RVI) va pnevmoniyaga chalinganlar soni ortganini epidemiya,deb qarayotgani xabar berilgan edi. Kecha Olmaota viloyati hokimi o`rinbosari va viloyat bosh sanitariya vrachi ham pnevmoniyadan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar