1

JSST qat`iy karantin tartibiga qarshi ekanligini ma`lum qildi

Dunyo 11.07.2020, 11:04
JSST qat`iy karantin tartibiga qarshi ekanligini  ma`lum qildi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti dunyoda to`liq karantin qaytishiga qarshi ekanini bildirdi. JSSTning Sog`liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo`yicha dasturi direktori Maykl Rayan Jenevada shunday bayonot bilan chiqdi.

“Biz to`liq karantinga qaytishga qarshimiz, ammo bundan boshqa chiqish yo`li bo`lmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin”, degan Rayan.

U olimlar qat`iy karantin tugashi bilan koronavirusning yangi to`lqini yuzaga kelishi xavfi ortishi haqida ogohlantirganini eslatib o`tdi. 

Shuningdek, hozir mavjud imkoniyatlar bilan virusni to`liq yo`q qilish mumkin emasligini va kasallik orol davlatlarga ham qaytish ehtimoli yo`q borligini ma`lum qildi.

“Bizni kasallanishning katta klasterlari xavotirga solyapti. Bu kasallanishning yangi o`chog`larini keltirib chiqarishi mumkin”, dedi Rayan vaziyatni o`rmon yong`inlariga qiyoslab.

“Qat`iy karantindan keyin yangi tarqalishlarni diqqat bilan kuzatib, ularni tezkorlik bilan bartaraf qilish kerak. Shu tariqa biz ikkinchi to`lqinning oldini olib, yana qattiq karantinga qaytishdan saqlanishimiz mumkin”, dedi JSST vakili.

Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda 12 337 075 kishi koronavirusga chalingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1