2020 yil 11 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12402 (+196) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 124 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 37 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida), 15 nafari esa Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.
❗️Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 7540 (+10) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (10 nafar Jizzax viloyatida) sog`aydi.
‼️Hozirda mamlakatimizda 4806 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.
Vazirlik rasmiy kanali — @ssvuz






