O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasi “Toshkent” fond birjasi orqala ikki tijorat bankning davlat aksiyalarini sotuvga qo`ydi.
Uzdaily nashrining O`zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo`mitasi huzuridagi qimmatli qog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazi ma`lumotlariga tayanib xabar berishicha, O`zbekiston “Turonbank” ATB 63,1% davlat aksiyalari ulushini boshlang`ich $29,9 millionga sotadi. Shuningdek, Davlat raqobat qo`mitasi “Aloqabank” ATBning 47,6% aksiyalarini ham boshlang`ich $42,72 millionga sotuvga qo`ydi.
Davlat aksiyalarining ilk savdosi 4 dekabr kuni o`tkaziladi





