Komil Allamjonov koronavirusga chalinib sog`ayganini ma`lum qildi

Jamiyat 11.07.2020, 18:13
Komil Allamjonov koronavirusga chalinib sog`ayganini ma`lum qildi

Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirusga chalingani va qanday qilib davolangani haqida gapirib berdi. Shuningdek u videomurojaatida kasallikni qanday kechirgani haqida so`zlab berib, o`z tajribasidan kelib chiqqan holda ayrim maslahatlarni bergan. U o`z hikoyasini o`zining  Telegram-kanaliga joylagan. 

«Bir necha kun oldin menda harorat ko`tarilishi va holsizlik sezildi. Haroratimni o`lchab ko`rsam, 37,1 – 37,2. Juda ham holsizlanib, badanimda og`riqlar paydo bo`ldi. Test topshirib ko`rsak, menda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Shundan so`ng shifokorlarga murojaat qildim. O`pkamni MRT qilishdi, umumiy qon tahlili topshirdim. Shunga asosan, menda engil shakldagi koronavirus kechayotganini aytishdi va men o`z uyimda, oila a`zolarimdan alohida bo`lgan sharoitda, ulardan izolyasiyada bo`lgan holda ushbu kasallikni boshimdan o`tkazdim», – deydi Allamjonov.

Shuningdek u asosan grippga chalinganda qilinadigan muolajalarni olish tavsiya etilganini aytgan. Shuningdek, shifokorlar tavsiyasiga asosan har ikki soatda haroratini o`lchab turgani, kuniga 5-6 litrgacha suv ichgani, ikki marta harorati 39 darajadan oshgandagina isitmani tushiruvchi dori ichgani, burun-tomog`ini chayib turgani, S vitamini qabul qilgani, uch kunda isitmasi o`tib ketgach qisqa yo`tal boshlanib, shifokorlar unga antibiotik yozib bergani va 5 kun davomida antibiotik qabul qilgani, ma`lum vaqt hid bilish qobiliyati yo`qolganini aytadi.

«Videomurojaatimdan asosiy maqsad shuki, juda ko`pchilik shamolladim deb o`ylab, koronavirusga chalinganini bilmay qolyapti. Men ana shunday hamyurtlarimizga avvalo vahimaga tushmaslikka va albatta shifokor ko`rigidan o`tishni tavsiya qilaman. Bugun 12-kun, o`zimni yaxshi his qilyapman. Yo`tal, dimog`im bitishi to`xtadi. Harorat ko`tarilishi uch kundan keyin o`tib ketgan

Men ko`pchilik qatori avvaliga jiddiy xavotirga tushgandim.  Lekin hammasidan o`tib oldim. Xudoga shukr, hozir ancha yaxshiman, butunlay tuzalib ketdim, oila a`zolarim bilan muloqotga kirishdim. Arzimagan vositalar bilan davolanish mumkin bo`lgan joyda o`zingizni o`zingiz turli boshqa kasalliklarga ham chalintirib qo`yishingiz mumkin», – deydi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1