1

Nima uchun karantin choralari va "o`zini o`zi yakkalash" (izolyasiya) tartibi muhim?

Jamiyat 11.07.2020, 19:26
Nima uchun karantin choralari va "o`zini o`zi yakkalash" (izolyasiya) tartibi muhim?

Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini kuchaytirish bo`ycha qaroriga ekspertlardan tezislar e`lon qilindi. Unda "Nima uchun karantin choralari va «o`zini o`zi yakkalash» (izolyasiya) tartibi muhim?" degan savolga quyidagicha javob berilgan:

"Ushbu kasallikka qarshi vaksina topilmagan bir paytda pandemiyani jilovlashning eng samarali usuli bu - fuqarolarning o`zini o`zi izolyasiya qilish va ijtimoiy masofani saqlash orqali virus tarqalishi yo`llarini cheklash, bemorlarni aniqlash va epidemiya o`choqlarining kengayishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha faol choralar ko`rishdan iboratdir.

Ayni paytda, na Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST), na boshqa rasmiy tashkilotlar vaksina yaratilishi va qo`llanishi bo`yicha aniq muddatlarni aytib bera olmayapti. Bu borada xulosa aniq. 

JSSTga ko`ra, pandemiyaga qarshi kurashda eng muhim tamoyillar quyidagilardir: 

- vaziyatni nazoratda ushlash, kasallikni aniqlash va tarqalish o`choqlarining kengayishiga yo`l qo`ymaslik. Boshqacha aytganda, kasallikning barcha holatlari qanchalik tez aniqlansa, ko`rikdan o`tkazilsa va izolyasiya qilinsa, virusni jilovlash osonroq bo`ladi.

– amaldagi qat`iy va ob`ektiv zaruriy cheklovlar tufayli O`zbekiston kasallikning keng avj olishi va nazoratsiz o`sishining oldini olishga erishdi.

– karantin qoidalariga amal qilmaslik, ko`plab odamlarning nobud bo`lishi, sog`liqni saqlash tizimiga og`irlik qilishi bilan birga katta iqtisodiy talofatlarga olib keladi.

– odamlar o`rtasidagi aloqani kamaytirish yoki cheklash har bir bemor 4-5 nafar emas, balki undan ham kamroq odamlarni zararlanishi mumkin. Natijada epidemiya sekinlashadi. Oxir-oqibat virusni yuqtirganlar sonining kamayishi bilan epidemiyaning o`zi ham barham topadi.

– bir qator mamlakatlarda boshlangan cheklov choralarining "ikkinchi to`lqin"i real haqiqatdir. Epidemiologik vaziyat yomonlashganligi sabab, Qozog`istonda hukumat yana karantin choralarini kuchaytirdi. Armanistonda "niqob rejimi" kuchaytirildi, yuzlab do`konlar, dorixonalar, go`zallik salonlari, kafelar va boshqalar yana yopildi. Ozarbayjonda vaziyat murakkablashgani tufayli karantin yana ikki haftaga uzaytirildi.

– iyul oyining birinchi haftasida karantin talablarining yumshatilishi natijasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 2167 kishiga ko`paydi. Shulardan 1267 (58 foiz) holat aholi orasida aniqlangan. Agar may oyida kunlik o`rtacha 51 ta holatda kasallik qayd etilgan bo`lsa, iyun oyida bu ko`rsatgich 163 ni tashkil etdi. Iyul oyining boshidan boshlab kuniga o`rtacha 324 tadan virus bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda.

– 16 martdan 10 maygacha bo`lgan qat`iy karantin davrida kasallanganlar soni 2 418 tani tashkil qildi, bunda o`sish 0,007 foizga teng bo`ldi. Karantin choralari 10 maydan 9 iyulgacha bo`lgan muddatda birmuncha yumshatilganidan so`ng esa kasallanish holati 9 029 tani tashkil qilib, o`sish sur`ati – 0,03 foizga teng bo`ldi".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1