AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqaro bankaga solingan simob moddasini noqonuniy sotayotganida to`xtatib qolindi

'Toshkentda fuqaro bankaga solingan simob moddasini noqonuniy sotayotganida to`xtatib qolindi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida nodir metallar, zaharli moddalar, davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiruvchi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanuvini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida yo`l chetida fuqaro M.M. ning sumkasidagi shisha idish ichida umumiy qiymati salkam 54 million so`mlik 2 kg. simob moddasini “shartli xaridor”ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan to`xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qayd etilishicha, simob moddasi har qanday tirik organizmlar uchun yuqori xavfli hisoblanadi. Uning noqonuniy aylanmasiga yo`l qo`yilmaydi.

    Boshqa yangiliklar