Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o`tkazish muvaffaqiyatli yakunlandi

Dunyo 12.07.2020, 12:54
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o`tkazish muvaffaqiyatli yakunlandi

Rossiyaning Sechenov universiteti olimlari koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o`tkazishni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Translyasiyaviy tibbiyot instituti va biotexnologiya universiteti direktori Vadim Tarasov RIA Novosti axborot agentligiga ma`lum qilgan. 

Vaksinaning klinik tajribasi 18 iyunda boshlangan. Uni epidemilog va mikrobiolog mutaxassislar ishlab chiqqan. 

Tadqiqotning ilk guruhida qatnashgan ko`ngillilarga chorshanba kuni, ikkinchi guruhiga esa 20 iyul kuni javob berilishi kutilmoqda. Ta`kidlanishicha, tadqiqotda vaksinaning inson salomatligiga xavfi yo`qligini isbotlash olimlar uchun eng muhimi bo`ldi.

Tadqiqotda ko`ngillilar avval to`liq tekshiruvdan o`tkazildi, xususan, koronavirusga antitanacha yo`qligi tekshirildi. So`ng ular 14 kunga izolyasiya qilindi, keyin esa immunizasiya o`tkazildi. Birinchi guruhdagilarga vaksinaning bitta dozasi, ikkinchi guruhdagilarga esa ikkita dozasi berildi. 

Olimlar ta`kidlashicha, hozirda hammasi o`zini yaxshi his qilishmoqda. In`eksiya organizmga salbiy ta`sir ko`rsatmagan, faqat ilk kunlarda isitma chiqqan. 

Tez orada vaksina sinovdan o`tkazilgan ko`ngillilar odatiy hayot tarziga qaytariladi, sport bilan shug`ullanishlari, ta`lim olishlari, ishga borishlari mumkin. Ularga javob berilgandan keyin ham shifokorlar nazoratida bo`lishadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1