1

Jizzaxda qo`lansa hid chiqarayotgan, rangi o`zgargan 2 tonnadan ziyod go`sht ortilgan avtoulov ushlab qolindi

Jamiyat 12.07.2020, 13:48
Jizzaxda qo`lansa hid chiqarayotgan, rangi o`zgargan 2 tonnadan ziyod go`sht ortilgan avtoulov ushlab qolindi

Jizzax viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan G`allaorol tumanidagi “Sangzor-15” yo`l patrul xizmati maskanida Toshkent yo`nalishida harakatlanayotgan “KIA BONGO” rusumli avtoulov to`xtatib, tekshirilganida avtomashina yukxonasida 2 tonna 640 kilogramm go`sht hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgani aniqlandi. 

Surishtiruv davomida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chuvilloq qishlog`ida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan “KIA BONGO” haydovchisi A.A. go`shtni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida sotish uchun olib ketayotganligini bildirgan. 

Qo`lansa hid taratayotgan, rangida o`zgarishlar kuzatilgan mazkur mahsulot Jizzax shahridagi muzxonalardan biriga joylashtirildi. 

Kasallik uyg`otuvchi omillar bor-yo`qligini aniqlash maqsadida go`sht namunalari Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi laboratoriyasiga topshirilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1