1

Chiroqchida xorazmlik haydovchi boshqargan "Orlando" yo`l belgisiga amal qilmagani uchun ayanchli ahvolga tushdi. Qurbonlar bor

Jamiyat 12.07.2020, 15:10
Chiroqchida xorazmlik haydovchi boshqargan "Orlando" yo`l belgisiga amal qilmagani uchun ayanchli ahvolga tushdi. Qurbonlar bor

Yo`l belgilari va svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmaslik oqibatida yQashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Voqea 2020 yilning 12 iyul kuni soat 00:20 larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o`tuvchi 4R 87 avtomobil yo`lining 47 kilometrida sodir bo`ldi. Haydovchi 1976 yilda tug`ilgan Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashagan M.M. ishonchnoma orqali “Orlando” rusumli transport vositasini ikkinchi darajali yo`ldan boshqarib kelayotgan edi. U “Yo`l bering” yo`l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog`iga amal qilmasdan, asosiy yo`ldan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1979 yilda tug`ilgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi, B.Ya. boshqaruvidagi “DAF SXF 105”  rusumli yuk avtomashinasi yo`liga chiqib ketib to`qnashuv sodir etgan.  

Natijada “Orlando” rusumli transport vositasi haydovchisi M.M. va avtomobil yo`lovchisi 1983 yilda tug`ilgan Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumanida yashagan T.J.lar olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Avtotransport yo`lovchilari Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida  yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan Q.D., Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchilar 1983 yilda tug`ilgan A.Sh., 1986 yilda tug`ilgan Q.N., 2010 yilda tug`ilgan J.Sh., 2013 yilda tug`ilgan J.N. va 2016 yilda tug`ilgan J.D.lar olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizilgan.  

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ogohlantiradi: "Hurmatli haydovchilar yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga so`zsiz rioya qiling. Belgilangan tezlikni oshirmang! Yo`l belgilariga svetoforning taqiqlovchi ishoralariga amal qiling! Zero, Sizni uyda oilangiz, jondan aziz farzandlaringiz, ota-onangiz va ayolingiz kutayotganligini unutmang!"

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1