1

«Qozog`istonda tarqalgan "noma`lum" pnevmoniya koronavirusning yangi shakli bo`lishi mumkin — JSST

Dunyo 12.07.2020, 16:26
«Qozog`istonda tarqalgan "noma`lum" pnevmoniya koronavirusning yangi shakli bo`lishi mumkin — JSST

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Qozog`istonda tarqalgan «noma`lum» pnevmoniya koronavirus bo`lishi mumkinligini ma`lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

JSSTning sog`liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo`yicha dasturi direktori Maykl Rayanning fikricha, mavjud holatlarda «shunchaki noto`g`ri tashxis qo`yilgan».

Uning qo`shimcha qilishicha, JSST Qozog`iston hukumati bilan birgalikda kasallik koronavirus belgilariga mos kelish-kelmasligini o`rganish maqsadida pnevmoniyaga chalinganlarning rentgen tasvirlarini tekshirmoqda. «Sog`liqni saqlash organlari soxta salbiy testlar yo`qligiga ishonch hosil qilish maqsadida o`tkazilgan test hamda sinovlar sifatini tekshiradi», — deydi Rayan.

Avvalroq Xitoy ommaviy axborot vositalari Qozog`istonda «koronavirusdan ham xavfliroq» noma`lum pnevmoniya tarqalgani to`g`risida xabar bergandi. Keyinroq mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmasligini ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, Qozog`istonning Olmaota shahri rasmiylari shaharda yaqin kunlarda kuzatilayotgan o`tkir respirator virusli infeksiyalar (O`RVI) va pnevmoniyaga chalinganlar soni ortgani to`g`risida va Olmaota viloyati hokimi o`rinbosari hamda viloyat bosh sanitar vrachi pnevmoniyadan vafot etgani haqida xabar berilgandi. 

JSST noma`lum pnevmoniya tarqalgani haqidagi xabar sababli Qozog`iston bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1